Qozog‘istonning Ostona shahrida "Bloomberg" telekanalining idorasi ochiladi. Bu haqida Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining rasmiy saytiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
"Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintaev AQShga rasmiy tashrifi doirasida Nyu-Yorkning sobiq merlari Rudolf Juliani va Maykl Blumberg bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida telekommunikasion infratuzilma, shuningdek "Ostona" xalqaro moliyaviy markazi rivoji sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Ostonada "Bloomberg" telekanali va idorasi ochilishiga doir kelishuv - o‘tkazilgan uchrashuvlarning muhim natijasi bo‘ldi", - deyiladi bosh vazir saytida.
Shuningdek Sagintaev Chevron, Citigroup, Bloomberg, WR Berkley Group, GE Transportation, OSI Systems, Pfizer, Cisco, Robomatter Inc., sentra IBM Watson, Autodesk, Tesla Motors, Bridge WestGroup, Learn Capital, Sound Hound, Uber, Silicon Valley Innovation Center, Google va Microsoft vakillari bilan uchrashdi. Ular bilan IT-texnologiyalar, mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati, telekommunikasiyalar, kelajak transporti, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turmush sifatini yaxshilash sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Yirik IT-kompaniyalar bilan muzokaralar davomida Qozog‘iston uchun muhim memorandumlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi