
AQSh prezidenti Donald Tramp davlatning birinchi shaxslarini qo‘riqlash uchun javob beruvchi Maxfiy xizmatga iste’fodagi general-mayor Rendolf Allesni rahbar etib tayinladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Rendolf Alles 35 yil davomida AQSh dengiz piyoda askarlari korpusida xizmat o‘tagan va 2011 yilda general-mayor unvonida iste’foga chiqqan.
AQSh maxfiy xizmati davlatning birinchi shaxslarini, hukumatning asosiy ob’ektlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga kiberjinoyatlar, davlat xizmatiga qilinadigan xakerlik hujumlarining oldini oladi. 2003 yilga qadar Maxfiy xizmat AQSh moliya vazirligiga qarashli bo‘lgan, endi esa ichki xavfsizlik vazirligi tarkibiga kiritildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar