Robot 6200 metrlik Chimboraso vulqoni cho‘qqisiga chiqdi, navbat Everestga

1 daqiqa o'qish177
Robot 6200 metrlik Chimboraso vulqoni cho‘qqisiga chiqdi, navbat Everestga
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Pemba nomli gumanoid robot Ekvadordagi 6200 metr balandlikdagi Chimboraso vulqoni cho‘qqisiga muvaffaqiyatli ko‘tarildi.
  • Unitree G1 modeli asosida yaratilgan mazkur robot murakkab rel’ef va sovuq iqlim sharoitida harakatlanish uchun maxsus issiqlik boshqaruv tizimlari va himoya mexanizmlari bilan jihozlangan.

Texnologiya olamida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi. Pemba nomli gumanoid robot Ekvadorda joylashgan Chimboraso vulqoni cho‘qqisiga muvaffaqiyatli ko‘tarilib, 6200 metr balandlikdagi tog‘ni zabt etdi. Bu haqda “Mir24.tv” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur robot yuqori tog‘ sharoitida muvaffaqiyatli harakatlanib, ekstremal muhitda faoliyat yurita oladigan robototexnika imkoniyatlarini amalda sinovdan o‘tkazdi. Ekspeditsiya kelajakda dunyoning eng baland nuqtasi hisoblangan Everestga chiqish rejasining muhim bosqichlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Loyihada qo‘llanilgan Pemba roboti takomillashtirilgan Unitree G1 modeli asosida yaratilgan bo‘lib, murakkab rel’yef va sovuq iqlim sharoitiga moslashtirilgan. Sinovlar davomida robot yengil qiyaliklarda mustaqil harakatlangan, tik va texnik jihatdan qiyin hududlarda esa ekspeditsiya a’zolari tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu sinov robot imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish yo‘lidagi muhim amaliy tajriba hisoblanadi.

Loyiha tashabbuskori Pablo Berlanga Boyemare ta’kidlashicha, ushbu ekspeditsiya shunchaki texnologik ko‘rgazma emas. Uning fikriga ko‘ra, kelajakda bunday robotlar ekologik monitoring, yovvoyi tabiatni kuzatish va xavfli hududlarda ma’lumot to‘plash ishlarida muhim o‘rin tutishi mumkin.

Shu maqsadda robot zamonaviy kameralar, turli sensorlar hamda sun’iy intellekt tizimlari bilan jihozlangan.

Ma’lumki, yuqori tog‘ sharoiti robotlar uchun jiddiy texnik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Sovuq harorat, kislorod miqdorining kamligi va ob-havoning keskin o‘zgarishi batareyalar hamda elektron tizimlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli Pemba uchun maxsus issiqlik boshqaruv tizimlari va himoya mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ular avval Xitoyning sovuq hududlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.

Chimborasodagi muvaffaqiyat insonsimon robotlar nafaqat laboratoriyalarda, balki Yer yuzining eng murakkab tabiiy sharoitlarida ham samarali ishlay olishini yana bir bor namoyon qildi.

Endilikda loyiha jamoasi robotni Himolay tog‘lari, jumladan, Everest hududiga yuborishni rejalashtirmoqda. Biroq bu tashabbus hozircha to‘liq amalga oshirilmagan. Sababi, Nepalda robotlar ishtirokidagi ekspeditsiyalarni tartibga soluvchi aniq huquqiy qoidalar hali shakllantirilmagan. Shu bois loyiha vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, tegishli me’yorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?