Hijobsiz qo‘shiq ijrosi xonandaga 74 darra jazosini olib keldi»

1 daqiqa o'qish15.5K
Hijobsiz qo‘shiq ijrosi xonandaga 74 darra jazosini olib keldi»

Eronlik xonanda Parastu Ahmadiy va uning jamoasidagi sakkiz nafar shaxs 74 darra qamchilash jazosiga hukm qilindi. Bunga xonandaning 2024 yilda jonli efirda hijobsiz holda qo‘shiq ijro etgani sabab bo‘lgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar “bexayo va axloqsiz kontent” yaratish hamda uni tarqatishda ayblangan. Qum provinsiyasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi ularga darra jazosidan tashqari, ikki yil davomida Erondan chiqishni taqiqladi va shu muddat ichida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni ham man etdi.

2024 yil dekabr oyida 29 yoshli xonanda jonli efirda “Az Qoone Javanane Vatan” (“Vatan yoshlari qonidan”) qo‘shig‘ini hijobsiz ijro etgan va mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Qora libosdagi ayol qorong‘i sahna fonida mikrofonga qo‘shiq kuylamoqda.

Oradan ko‘p o‘tmay, xonanda va bir nechta musiqachi qisqa muddatga hibsga olingan, keyinchalik esa ozodlikka chiqarilgan. Shu bilan birga, Eron rasmiylari video e’lon qilingani bo‘yicha rasmiy tergov ishini boshlagan.

Parastu Ahmadiyning ushbu ijrosi YouTube platformasida qariyb uch million marta tomosha qilingan.

AQSHda joylashgan Erondagi Inson huquqlari markazining targ‘ibot bo‘limi direktori Bahor Ghandihariy bu qarorga munosabat bildirib, mazkur jazo Eronda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmaganini yana bir bor namoyon etayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha advokat Muin Xazaeliy ayollar tomonidan qo‘shiq kuylash, musiqiy chiqishlar qilish yoki asarlar yaratish Eron qonunchiligida jinoyat sifatida belgilanmaganini aytgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?