Messi uchun rekord haykal: Argentinada 26 metrlik ulkan yodgorlik ochildi

1 daqiqa o'qish750
Messi uchun rekord haykal: Argentinada 26 metrlik ulkan yodgorlik ochildi

Argentinada futbol afsonasi Lionel Messi sharafiga dunyodagi eng baland haykal ochildi. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempioni hisoblangan futbolchi uchun barpo etilgan ushbu haykal o‘z ko‘lami bilan ham e’tiborni tortmoqda.

Haykalning balandligi 26 metrni, umumiy og‘irligi esa 70 tonnani tashkil etadi. Uning dizayni mashhur haykaltarosh Aldo Berois tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha qisqa vaqt ichida muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Qizig‘i shundaki, joriy yil iyun oyi boshlarida Kolkata shahrida o‘rnatilgan 21 metrlik Messi haykali kuchli shamollar sabab xavfsizlik bilan bog‘liq e’tirozlar ortidan buzib tashlangan edi. Shu bois Argentinadagi yangi haykal yanada mustahkam va puxta qurilgani alohida ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surmoqda. U Yevropadagi faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” jamoalarida o‘ynab, ko‘plab yutuqlarga erishgan.

Yangi haykal esa uning futbol tarixidagi o‘rni naqadar ulkan ekanini yana bir bor namoyish etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?