Amerikalik pensioner do‘konga shaxsiy vertolyotida uchib bordi

AQSHda yashovchi pensioner do‘konga avtomobilda qariyb bir soat yo‘l bosmaslik uchun shaxsiy vertolyotida uchib bordi. Politsiya xodimlari undan sababini so‘raganida, u «Mashinada juda uzoq», deb javob berdi. Tekshiruvda pensionerning vertolyotni boshqarish uchun amal qiluvchi rasmiy litsenziyasi borligi aniqlangach, unga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmadi.
AQSHda yashovchi pensioner do‘konga borish uchun avtomobilda qariyb bir soat yo‘l bosishni istamay, shaxsiy vertolyotidan foydalandi. Uning g‘ayrioddiy sayohati mahalliy politsiya e’tiborini tortdi.
Huquq-tartibot xodimlari nega vertolyotda kelganini so‘raganida, erkak: «Mashinada juda uzoq», deya javob bergan. Keyinchalik tekshiruv davomida uning vertolyotni boshqarish uchun amal qiluvchi rasmiy litsenziyasi mavjudligi aniqlangan. Shu sababli unga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashib ketdi. Ko‘plab foydalanuvchilar pensionerning harakatini hazilomuz tarzda mashhur GTA o‘yini qahramonlarining uslubiga qiyoslab, turli izohlar qoldirmoqda.






























Izohlar 0
…