Pasport bilan sotiladigan Darry Ring uzugi necha pul?

Pasport bilan sotiladigan Darry Ring uzugi necha pul?

Darry Ring zargarlik brendi dunyodagi eng g‘ayrioddiy nikoh uzuklaridan birini yaratdi. Uning asosiy sharti shundaki, bu uzukni erkak kishi faqat bir marta va faqat bitta inson uchun xarid qilishi mumkin. Agar tanlov amalga oshirilsa, ikkinchi bor uzuk sotib olish imkoniyati berilmaydi.

Xarid jarayoni oddiy emas. Mijoz pasport va shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadi, so‘ngra juftlik «abadiy muhabbat shartnomasi»ni imzolaydi. Bu hujjat uzukning faqat bir insonga bag‘ishlanganini tasdiqlaydi va maxsus sertifikat bilan mustahkamlanadi.

Brend joriy qilgan tizim shu qadar qat’iyki, hozirgacha hech kim uni chetlab o‘ta olmagan. Hatto o‘nlab yillar o‘tganidan keyin ham ikkinchi Darry Ring‘ni xarid qilish mumkin emas.

Pasport bilan sotiladigan Darry Ring uzugi necha pul?

Uzuklarning narxi taxminan 1300 dollardan boshlanadi. Yirik brilliantlar bilan bezatilgan va murakkab dizaynga ega modellar esa 3000 dollar va undan yuqori baholanadi.

Brendning ta’kidlashicha, Darry Ring‘ning haqiqiy qiymati olmosida emas, balki uning ma’nosidadir. Bu shunchaki bezak emas, balki butun umrga berilgan va’da, sadoqat va yagona muhabbatning ramzi hisoblanadi.

Ayni paytda Darry Ring butun dunyoda samimiyat, sodiqlik va o‘z so‘zida turishning timsoli sifatida ommalashib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar