Yangi film suratga olish jarayonida Jeki Chan qo‘lidan jarohatlangani aytilmoqda

Yangi film suratga olish jarayonida Jeki Chan qo‘lidan jarohatlangani aytilmoqda
Qisqacha

Ozarbayjonda "Mo‘jizaviy aslahalar 4: Ultimatum" filmi suratga olinayotganda Jeki Chan kaskadyorlik sahnasini bajarayotib qo‘lidan jarohat olgani aytilmoqda. Hodisadan so‘ng uning suratga olish maydonini tark etayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Aktyor jarohatlangan qo‘lini ushlab turgan va sahnani davom ettira olmagan. Jeki Channing jarohati qay darajada ekani hozircha noma'lum.

Ozarbayjonda mashhur Gollivud aktyori Jeki Chan ishtirok etayotgan "Mo‘jizaviy aslahalar 4: Ultimatum" filmini suratga olish jarayonida noxush hodisa sodir bo‘ldi. Aktyor kaskadyorlik sahnalaridan birini bajarayotgan vaqtda qo‘lidan jarohat olgan, deb xabar beradi "Savash Media" nashri.

Hodisadan keyin Jeki Channing suratga olish maydonini tark etayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Kadrlarda aktyor jarohatlangan qo‘lini ushlab turgani va og‘riq his qilayotgani ko‘rinadi. U sahnani davom ettira olmagan va maydondan chiqib ketgan.

Hozircha Jeki Chan olgan jarohatning qay darajada ekani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar