Everestda 30 yildan beri yotgan jasad olib tushirilmoqda

1 daqiqa o'qish1K
Everestda 30 yildan beri yotgan jasad olib tushirilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Everest cho‘qqisida 30 yildan beri yotgan va alpinistlar orasida «yashil etiklar» nomi bilan tanilgan jasadni evakuatsiya qilish bo‘yicha tarixiy operatsiya boshlanmoqda.
  • O‘tkazilgan DNK tahlili ushbu jasad 1996 yilda halok bo‘lgan hindistonlik alpinist Dordje Morupga tegishli ekanini tasdiqladi.

Everest cho‘qqisida alpinistlar orasida «yashil etiklar» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan jasadni evakuatsiya qilish bo‘yicha tarixiy operatsiya boshlanmoqda. Qariyb 30 yil davomida 8500 metr balandlikda yotgan alpinistning jasadi tajribali qutqaruvchilar va sherpalar tomonidan tog‘dan olib tushirilishi rejalashtirilgan. Butun operatsiya taxminan 40 kun davom etadi.

Jasad Jomolungmaning shimoliy yonbag‘ridagi «o‘lim hududi»da, «Birinchi qadam» bekatidan pastroqda joylashgan. Yorqin yashil etiklari sabab u yillar davomida Everestga ko‘tariluvchi alpinistlar uchun muhim mo‘ljal vazifasini bajarib kelgan.

Ko‘p yillar davomida jasadning kimga tegishli ekani haqida turli taxminlar bildirilgan. Biroq operatsiya oldidan o‘tkazilgan DNK tahlili uning 1996 yilda halok bo‘lgan hindistonlik alpinist Dordje Morup ekanini tasdiqladi.

Morup 1996 yilda Hindistonning Everestni Tibet tomonidan ilk bor zabt etishga uringan ekspeditsiyasi tarkibida bo‘lgan. 10 may kuni yetti nafar alpinist yuqoriga ko‘tarilgan, ammo 8500 metrda kuchli bo‘ron boshlangan. To‘rt kishi ortga qaytgan bo‘lsa, Morup va yana ikki nafar hamrohi yo‘lni davom ettirgan. Ular kechqurun cho‘qqiga chiqqanini xabar qilgan, ammo pastga tushishga ulgurmay, sovuq va kislorod yetishmasligi oqibatida halok bo‘lgan.

Ertasi kuni yapon alpinistlari ularni tirik holda uchratgani, ammo yordam ko‘rsatmay yo‘lda davom etgani katta xalqaro bahslarga sabab bo‘lgan. Keyinchalik ayblovlar qaytarib olingan bo‘lsa-da, ushbu voqea alpinizm tarixidagi eng bahsli axloqiy masalalardan biri bo‘lib qolgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 8500 metr balandlikdan jasadni evakuatsiya qilish dunyodagi eng xavfli operatsiyalardan biri hisoblanadi. Bu balandlikda kislorod tanqisligi, qattiq sovuq va tik qoyalar har qanday qutqaruv ishini o‘ta murakkablashtiradi.

Ma’lumot uchun, hozir Everest yonbag‘rida 200 ga yaqin alpinistning jasadi qolmoqda. Ularning aksariyatiga yetib borish juda xavfli yoki juda qimmat. «Yashil etiklar»ni evakuatsiya qilish amaliyoti esa 2025 yil oxirida boshlangan Everestni tozalash dasturining eng muhim bosqichlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?