Dunyoda boylar soni yangi rekord o‘rnatdi! Qaysi mamlakatda boylar eng ko‘p?

1 daqiqa o'qish226
Dunyoda boylar soni yangi rekord o‘rnatdi! Qaysi mamlakatda boylar eng ko‘p?

Dunyoda milliarderlar soni yana oshdi. UBS bankining yillik hisobotiga ko‘ra, 2026 yil aprel oyiga kelib ularning soni 3302 nafarni tashkil etgan. Bu avvalgi 12 oyga nisbatan 13 foizlik o‘sish demakdir.

Bir yil davomida 383 nafar inson milliarderlar ro‘yxatiga qo‘shilgan. Ularning umumiy boyligi ham sezilarli ko‘payib, 25 foizlik o‘sish qayd etilgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich Janubiy Koreyaga to‘g‘ri keldi. Mamlakatda milliarderlar soni 31 nafardan 52 nafarga yetgan. Ularning jami boyligi esa 139 foizga oshgan.

Chilida milliarderlar soni avvalgidek qolgan bo‘lsa-da, ularning boyligi 80 foizga ko‘paygan. Chexiyada esa ro‘yxatga yana ikki kishi qo‘shilib, umumiy boylik 60 foizga o‘sgan.

Milliarderlar soni bo‘yicha AQSH yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda ularning soni 1000 nafardan oshgan. Xitoyda 562 nafar, Hindistonda 211 nafar, Germaniyada 193 nafar va Rossiyada 122 nafar milliarder bor.

Hisobotda keltirilishicha, dunyo milliarderlarining ko‘pchiligi 50 milliard dollardan kam boylikka ega. 18 kishining aktivlari 50–100 milliard dollar oralig‘ida. 19 nafarning boyligi esa 100 milliard dollardan yuqori baholangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?