Amir Xon uchinchi bor oila qurdi (video)

Bollivud yulduzi Amir Xon bugun, 5 iyul kuni uzoq yillardan beri munosabatda bo‘lib kelayotgan sevgilisi Gauri Spratt bilan rasmiy nikohdan o‘tdi. Bu aktyorning hayotidagi uchinchi nikoh bo‘lib, marosim Hindistonning Maxsus nikoh to‘g‘risidagi qonuni asosida Mumbayning Pali Hill hududidagi uning uyida kamtarona ruhda tashkil etildi. Dabdabali tantanadan voz kechgan juftlikning yopiq va oilaviy muhitda o‘tgan to‘yiga faqat oila a’zolari hamda eng yaqin do‘stlari taklif etildi.
Bollivud yulduzi Amir Xon bugun, 5 iyul kuni uzoq yillardan beri munosabatda bo‘lib kelayotgan sevgilisi Gauri Spratt bilan rasmiy nikohdan o‘tdi. Bu aktyorning hayotidagi uchinchi nikoh bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, to‘y marosimi Mumbayning Pali Hill hududidagi Amir Xonning uyida juda kamtarona ruhda tashkil etilgan. Marosimga faqat oila a’zolari va eng yaqin do‘stlari taklif etilgan.
Nikoh Hindistonning Maxsus nikoh to‘g‘risidagi qonuni (Special Marriage Act) asosida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi. Juftlik dabdabali tantanadan voz kechib, to‘yni yopiq va oilaviy muhitda nishonlashni afzal ko‘rdi.

Marosim yakunlanganidan so‘ng kelin-kuyov yaqin qarindoshlari va do‘stlari uchun kichik tushlik uyushtirdi.
Amir Xon va Gauri Sprattning nikoh to‘yi haqidagi xabar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik juftlikni yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, ularga baxt va totuvlik tilamoqda.






























Izohlar 0
…