Dunyoda yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati tuzildi!

Monocle jurnali tomonidan tuzilgan yashash uchun eng qulay shaharlar reytingida Tokio shahri birinchi o'rinni egalladi. Ushbu ro'yxatning ikkinchi pog'onasidan Kopengagen, uchinchi pog'onasidan esa Lissabon joy oldi. Shuningdek, o'ntalikka Vena, Sidney, Syurix, Madrid, Parij, Myunxen va Oslo kabi yirik shaharlar kiritildi.
Monocle jurnali yashash uchun eng qulay shaharlar bo‘yicha yangi reytingni taqdim etdi.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Tokio egalladi. Kopengagen ikkinchi, Lissabon esa uchinchi o‘rinda qayd etildi.
O‘ntalikdan Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik shaharlar o‘rin olgan. Ular orasida Vena, Sidney, Syurix, Madrid, Parij, Myunxen va Oslo bor.
Jurnal reytingni tuzishda shaharlardagi yashash sharoitiga ta’sir qiluvchi bir qator omillarni hisobga olgan. Jumladan, transport va shahar infratuzilmasi, xavfsizlik, siyosiy barqarorlik, yashil maydonlar, ovqatlanish maskanlari sifati hamda xarid qilish imkoniyatlari baholangan.































Izohlar 0
…