Xitoyda o‘zini o‘likka soladigan qo‘zichoq internet yulduziga aylandi!

Xitoyda odamlar yaqinlashganda yerga yotib harakatsiz qoladigan qo‘zichoq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo'lib ketdi. Egasining so'zlariga ko'ra, bu holat jonivorning xavfni sezganda qo'llanadigan hiylasi hisoblanadi. Avvaliga bozorga olib chiqilganida xaridorlar uni sog'lom emas deb sotib olishdan bosh tortgan edi. Videolar ommalashgach, ayrimlar uni 130 ming yuan, ya'ni taxminan 18 ming dollarga sotib olishni taklif qilgan bo'lsa-da, egasi uni sotmasligini bildirdi.
Xitoydagi qo‘zichoqning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Sababi u odamlar yaqinlashgan zahoti yerga yotib, harakatsiz qoladi.
Ko‘rgan odam avvaliga qo‘zichoq hushidan ketdi yoki kasal deb o‘ylashi mumkin. Ammo egasining aytishicha, bu uning xavfni sezganda qiladigan hiylasi.
Qo‘zichoq avval bozorga olib chiqilganida xaridorlar unga ishonmagan. Uni sog‘lom emas deb hisoblab, sotib olishdan bosh tortishgan.
Video ommalashgandan keyin esa unga qiziqish kuchaydi. Ayrimlar qo‘zichoq uchun 130 ming yuan, taxminan 18 ming dollar berishga tayyorligini bildirgan.
Egasi esa bunday takliflarga qaramay, uni sotmasligini aytgan. Endi bu qo‘zichoq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini o‘likka soladigan "aktyor" sifatida tanilmoqda.































Izohlar 0
…