Gaitida samolyot majburiy dengizga qo‘ndi

1 daqiqa o'qish212
Gaitida samolyot majburiy dengizga qo‘ndi

Gaitida kichik yo‘lovchi samolyoti favqulodda holat tufayli dengiz yuzasiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Eng muhimi, bortda bo‘lgan uchuvchi va ikki nafar yo‘lovchi hodisadan omon qoldi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 8 iyul kuni Ibo plyaji yaqinida sodir bo‘lgan. Kap-Ayten shahridan Port-o-Prens tomon parvoz qilayotgan ikki dvigatelli Cessna 402B samolyoti noma’lum sabablarga ko‘ra dengizga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda samolyot suvga botib borayotgani, yo‘lovchilar esa qirg‘oq tomon mustaqil ravishda suzib harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Qisqa vaqt ichida havo kemasi deyarli to‘liq suv ostida qolgan.

Hodisadan so‘ng uchuvchi va ikki nafar yo‘lovchi yaqindagi plyajgacha yetib borishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ularni ko‘rikdan o‘tkazgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda bo‘lganlarning barchasi tirik qolgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, salomatligi qoniqarli ekani bildirilmoqda. Ayni paytda samolyotning dengizga majburiy qo‘nishiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritish yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?