Hindistonda samolyot bortida pauerbank yonib ketdi (video)

Hindistonda samolyot bortida pauerbank yonib ketdi (video)

Hindistonda Dehlidan Chennayga uchib ketayotgan IndiGo aviakompaniyasi samolyoti bortida pauerbank yonib ketdi. Hodisa sabab samolyot yo‘nalishini o‘zgartirib, Haydarobod shahridagi aeroportga qo‘ndi.

The Indian Express nashrining 2026 yil 11 oktyabrdagi xabariga ko‘ra, voqea 6E 6115 reysida sodir bo‘lgan. Samolyot salonidagi yuqori yuk saqlash bo‘lmasidan tutun chiqqach, bortkuzatuvchilar tezkor harakat qilib, yong‘inni o‘chirishgan.

Uchuvchilar xavfsizlik qoidalariga muvofiq samolyotni Haydaroboddagi Rajiv Gandi xalqaro aeroportiga yo‘naltirgan. Samolyot xavfsiz qo‘ngan, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan hech kim jarohat olmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bortkuzatuvchilar va ayrim yo‘lovchilarning yuk saqlash bo‘lmasidagi yong‘inni o‘chirishga urinayotgani aks etgan.

Hodisadan keyin yo‘lovchilarni Chennayga yetkazish uchun boshqa samolyot ajratilgan. IndiGo aviakompaniyasi voqea yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar