Ochlikning 17-kuni: Mashhur faol ta’lim vazirini iste’foga chaqirdi

1 daqiqa o'qish2.8K
Ochlikning 17-kuni: Mashhur faol ta’lim vazirini iste’foga chaqirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Hindistonlik taniqli jamoat faoli va muhandis Sonam Vangchuk Dehli markazida ochlik aksiyasini boshlaganiga 17 kun bo‘lib, uning sog‘lig‘i tobora og‘irlashmoqda.
  • Faol may oyida yuz bergan imtihon savollari sizib chiqishi mojarosidan so‘ng norozilikka chiqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosini talab qilmoqda.
  • Dehlidagi Jantar Mantar maydonida ochlikni davom ettirayotgan 59 yoshli Vangchuk hatto gapirishga ham juda ojiz holatga kelgan.

Hindistonlik taniqli jamoat faoli va muhandis Sonam Vangchuk Dehli markazida ochlik aksiyasini boshlaganiga 17 kun bo‘ldi. Uning sog‘lig‘i tobora og‘irlashayotgani aytilmoqda. Faol mamlakat ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosini talab qilmoqda. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Vangchuk may oyida yuz bergan imtihon savollari sizib chiqishi mojarosidan keyin norozilikka chiqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu voqea millionlab talabalarga ta’sir qilgan va bosh vazir Narendra Modi hukumatiga qarshi e’tirozlarni kuchaytirgan.

Norozilik aksiyasini 30 yoshli Abhijit Dipke asos solgan Cockroach Janta Party (CJP) — “Suvaraklar xalq partiyasi” tashkil qilmoqda. Harakat Instagram'da tez ommalashib, bir necha kun ichida 22 million obunachi to‘plagan.

59 yoshli Vangchuk Dehlidagi Jantar Mantar maydonida ochlikni davom ettirmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, u hatto gapirishga ham juda ojiz. CJP bildirishicha, 14 iyul holatiga u 8,5 kilogramm vazn yo‘qotgan. 13 iyul kuni esa aksiya ishtirokchilaridan biri hushidan ketib, shifoxonaga olib ketilgan.

Vazir Dharmendra Pradhan va hukumat rasmiylari hozircha bu masala yuzasidan izoh bermagan.

Sonam Vangchuk o‘z vaqtida mashhur Bollivud filmi qahramoni obraziga ilhom bergan muhandis sifatida ham tanilgan. Muxolifat yetakchilari uning hayoti xavf ostida ekanini ta’kidlab, ochlik aksiyasini to‘xtatishga chaqirmoqda.

Noroziliklarga yana bir asos — yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik va imtihonlardagi qonunbuzarliklar bo‘ldi. Imtihon savollari internetga tarqalganidan so‘ng 2,3 million nafar abituriyent qatnashgan tibbiyot kollejiga qabul imtihonlari bekor qilinib, keyinchalik qayta o‘tkazilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?