Argentina mag‘lubiyatidan so‘ng Buyenos-Ayresda tartibsizliklar boshlandi

Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasining Ispaniyaga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Buenos-Ayres markazida tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda La Nación nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi Obelisk maydonida tashkil etilgan ommaviy yig‘in davomida ayrim muxlislar huquq-tartibot idoralari xodimlariga shisha idishlar va toshlar uloqtira boshlagan. Vaziyat keskinlashgani sababli politsiya voqeaga aralashishga majbur bo‘lgan.
Tartibsizliklarni bartaraf etish maqsadida politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. To‘qnashuvlar oqibatida kamida uch kishi jarohat olgan, 15 nafar shaxs esa qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot organlari vaziyatni qisqa vaqt ichida nazorat ostiga olgan. Hozirda yuz bergan tartibsizliklar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…