Tozalik hayotdan ustun: beshinchi qavatga chiqib deraza soyabonlarini tozalayotgan ikki keksa ayol muhokamada

Tozalik hayotdan ustun: beshinchi qavatga chiqib deraza soyabonlarini tozalayotgan ikki keksa ayol muhokamada

Ikki nafar keksa ayol aks etgan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi. Videoda ayollardan biri beshinchi qavatdagi xonadon derazasidan tashqariga chiqib, soyabon ustida to‘plangan changni changyutgich bilan tozalashga uringan.

Eng xavfli jihati, u hech qanday sug‘urta kamari va himoya vositasidan foydalanmagan. Bir noto‘g‘ri harakat og‘ir oqibatga olib kelishi mumkin bo‘lgan bu holatni ko‘rganlar ayolning xavfsizligidan tashvishlangan.

Video ostidagi izohlarda ko‘pchilik bunday usulda tozalashdan voz kechish kerakligini ta’kidlagan. Boshqalar esa hazil tariqasida keksa ayollarni «ekstremal farroshlar» deb nomlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar