Nikaraguada dunyoda kam uchraydigan moviy ko‘zli va pushti burunli oq puma tug‘ildi

1 daqiqa o'qish7.8K
Nikaraguada dunyoda kam uchraydigan moviy ko‘zli va pushti burunli  oq puma tug‘ildi

Juigalpa shahrida joylashgan Tomas Belt hayvonot bog‘ida kamyob albinos puma tug‘ildi. Pumaning juni butunlay oq, ko‘zlari moviy, burni esa pushti rangda. Bunday tashqi ko‘rinish albinizm bilan bog‘liq bo‘lib, pumalar orasida juda kam kuzatiladi.

Veterinarlar jonivorning sog‘lom rivojlanayotganini ma’lum qildi. Uning ahvoli doimiy tekshirilib, quyosh nuri va atrof-muhit ta’siridan himoya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Albinos hayvonlar teri va ko‘zlarida rang beruvchi modda kamligi sabab kuchli yorug‘likka sezgir bo‘ladi. Yovvoyi tabiatda ularning oq rangi ham qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday hayvonlar o‘simliklar va toshlar orasida oson ko‘zga tashlanadi.

Hayvonot bog‘i xodimlari pumaga maxsus parvarish kerakligini aytib, uning keyingi rivojlanishini kuzatishda davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?