Itning tezkor harakati bolani halokatdan saqlab qoldi

Turkiyada kanal bo‘yida onasining e'tiborsizligidan foydalanib suv tomon yugurgan kichik yoshli bola itning chaqqon harakati tufayli muqarrar fojiadan saqlanib qoldi. Ayol makkajo‘xori sotuvchisiga chalg‘ib qolgan paytda bola to‘pni deb himoya devori chetigacha borgan, biroq yaqindagi it uni kiyimidan tishlab jar yoqasidan tortib olgan. Ushbu qahramonlik aks etgan kuzatuv kamerasi kadrlari ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, millionlab foydalanuvchilarning e'tiborini tortdi.
Turkiyada yuz bergan voqea fojia bilan yakunlanishiga bir bahya qoldi. Kichik yoshli bola onasi bilan kanal bo‘yidagi sayr yo‘lagida yurgan vaqtida, uni kutilmagan qahramon — it qutqarib qoldi.
Ma’lum qilinishicha, ayol bir necha soniyaga makkajo‘xori sotuvchisiga chalg‘ib qolgan vaqtda, bola to‘p bilan o‘ynay boshlagan. Birozdan so‘ng to‘p suv tomon dumalab ketadi. Uni ushlash uchun yugurgan bola xavfni payqamasdan suv bo‘yidagi himoya devori chetigacha borib qoladi.
Aynan shu lahzada yaqinidagi it chaqqonlik bilan harakat qiladi. U bolaning kiyimidan tishlab, uni jar yoqasidan tortib oladi. Itning bir zumlik harakati tufayli halokatning oldi olingan.

Ushbu hodisa kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan. Kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik itning sadoqati, sezgirligi va jasoratiga qoyil qolganini yozmoqda.
Ba’zan haqiqiy qahramonlar plash kiymaydi. Ularning to‘rtta panjasi, sadoqatli yuragi va inson hayotini saqlab qolishga qodir ajoyib instinkti bo‘ladi.






























Izohlar 0
…