Jarroh o‘sma o‘rniga bemorning sog‘lom organini olib tashladi

1 daqiqa o'qish184
Jarroh o‘sma o‘rniga bemorning sog‘lom organini olib tashladi

Skouhegan shahrilik 43 yoshli Mitchell 2023 yil 1 martda chap tuxumdonida aniqlangan xavfsiz o‘smani olib tashlash maqsadida operatsiyaga yotqizilgan. O‘sma kattalashgani sabab uni laparoskopik usulda olib tashlash rejalashtirilgan edi.

Ammo doktor Daniel Ganon operatsiya paytida o‘sma o‘rniga bemorning sog‘lom qovug‘ini to‘liq kesib olgan. Bu holat keyingi patologik tekshiruvda ma’lum bo‘lgan. Ekspertiza olib tashlangan to‘qima qovuq devoriga tegishli ekanini ko‘rsatgan.

Shunga qaramay, xato bemor shifoxonaga ikkinchi marta kelguniga qadar aniqlanmagan. Mitchell kuchli og‘riq, qorin sohasidagi shish va peshob chiqara olmaslikdan aziyat chekkan. Qayta tekshiruvdan so‘ng shifokorlar qovuqni tiklash imkoni deyarli qolmaganini bildirgan.

Shundan keyin bemor sakkiz oydan ziyod vaqt ikki tomonlama nefrostoma naychalariga bog‘liq holda yashagan. Naychalar peshobni qovuqqa emas, bevosita buyraklardan tashqariga chiqarish uchun o‘rnatilgan. Bu davrda unda siydik yo‘llari va buyrak infeksiyalari qayta-qayta kuzatilgan.

2023 yil oktyabrida Bostonda o‘tkazilgan murakkab operatsiyada jarrohlar Mitchellning ichak to‘qimasidan yangi qovuq shakllantirgan. Biroq bu ham uning hayotini to‘liq avvalgi holatiga qaytarmagan. U hozirgacha har kuni bir necha marta kateterdan foydalanadi va doimiy tibbiy nazoratda turadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?