Ekvadorda uydan 7 kishining kuydirilgan jasadi topildi

1 daqiqa o'qish172
Ekvadorda uydan 7 kishining kuydirilgan jasadi topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ekvador janvidagi Kanyar provinsiyasining La Tronkal shaharchasidagi uylardan birida 28 iyul kuni yetti nafar insonning kuydirilgan jasadi topildi.
  • Halok bo‘lganlarning yoshi 21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lib, ulardan ikkitasining qo‘l va oyoqlari sim bilan bog‘langani aniqlandi.
  • Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mazkur jinoyat mamlakatdagi jinoiy guruhlar o‘rtasidagi hudud uchun kurash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Ekvadorning janubida joylashgan Kanyar provinsiyasidagi uylardan birida yetti nafar insonning kuydirilgan jasadi topildi. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodisa yuzasidan keng ko‘lamli tergov ishlarini boshlagan. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib CBS News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fojia 28 iyul kuni La Tronkal shaharchasida sodir bo‘lgan. Politsiya xodimlari uy ichida yetti nafarning jasadini aniqlagan. Ulardan ikkitasining qo‘l va oyoqlari sim bilan bog‘langan bo‘lgan. Hodisa joyi yaqinida esa yonib ketgan avtomobil ham topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar 21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslardir. Tergovchilar ushbu jinoyat mamlakatdagi jinoiy guruhlar o‘rtasidagi hudud uchun kurash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ma’lum qilishicha, uy devorlariga «Bo‘rilar zamini» va «Bo‘rilar faol» mazmunidagi yozuvlar tushirilgan. Bu yozuvlar Ekvadordagi yirik jinoiy tuzilmalardan biri hisoblangan Los Lobos («Bo‘rilar») guruhi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi tekshirilmoqda.

So‘nggi yillarda Ekvadorda jinoiy guruhlar faolligi keskin kuchaydi. Mamlakat kokain kontrabandasi yo‘llaridagi muhim nuqtalardan biriga aylangani sababli qurolli to‘dalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ham ortib bormoqda.

Iyun oyida ham mamlakatning janubi-g‘arbida sakkiz nafarning jasadi plastik xaltalar ichida topilgan edi. Rasmiylar o‘shanda ham bu voqeani raqobatchi jinoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘lagan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2025 yil davomida Ekvadorda 9 200 dan ortiq kishi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Mamlakat hukumati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida bir qator hududlarda favqulodda holat tartibini joriy qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?