Rossiyalik ayol mushukcha deb qora panterani parvarishlab tarmoqlarda barchani hayron qoldirdi

Rossiyalik ayol mushukcha deb qora panterani parvarishlab tarmoqlarda barchani hayron qoldirdi

Rossiyalik ayol yo‘l chetida qolib ketgan kichik qora jonivorni ko‘rib, uni oddiy mushukcha deb o‘ylagan va uyiga olib ketgan. U jonivorni oziqlantirib, mehr bilan parvarish qila boshlagan.

Oradan vaqt o‘tib, jonivorning gavdasi va harakatlari oddiy mushuknikidan farq qilishi sezilgan. Shunda ayol uyida parvarishlayotgan hayvon aslida qora pantera ekanini tushungan.

Bu holatga qaramay, u panteradan voz kechmagan. Vaqt o‘tishi bilan ayol va jonivor o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘lgan. Pantera xonadondagi it bilan ham til topishib, u bilan birga o‘ynay boshlagan.

Ayol, qora pantera va it ishtirokidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, millionlab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar