20 yoshli yigit xaritada hech kim da’vo qilmagan yerni topib, o‘zini Uni Prezidenti deb e’lon qildi

20 yoshli yigit xaritada hech kim da’vo qilmagan yerni topib, o‘zini Uni Prezidenti deb e’lon qildi

Daniel Jeksonning xaritalarga qiziqishi kutilmagan loyihaga sabab bo‘ldi. U Xorvatiya va Serbiya orasidagi, biror davlat o‘z hududi deb e’lon qilmagan kichik yer uchastkasiga e’tibor qaratdi va unda Verdis Ozod Respublikasi tashkil etilganini ma’lum qildi.

Jekson bu tashabbusni faqat nom bilan cheklab qo‘ymadi. U konstitutsiya tayyorladi, hukumat tuzdi hamda respublika nomidan ramziy pasportlarni chiqara boshladi.

Hozircha Verdis asosan onlayn loyiha sifatida mavjud. Uning hududida doimiy davlat boshqaruvi yoki keng aholi istiqomat qilayotgani haqida ma’lumot yo‘q. Biroq g‘oya internetda tez tarqaldi. Minglab foydalanuvchilar ushbu g‘ayrioddiy mikrodavlatga qo‘shilish istagini bildirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar