Iroqda yuk mashinasi ag‘darilib ketib, minglab jo‘jalar yo‘l bo‘ylab tarqalib ketdi

Iroqda yuk mashinasi ag‘darilib ketib, minglab jo‘jalar yo‘l bo‘ylab tarqalib ketdi

Iroqning Bag‘dod–Diyola avtomobil yo‘lida jo‘jalar ortilgan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darilib ketdi. Natijada mashinadagi minglab jo‘jalar yo‘l bo‘ylab tarqalib ketgan.

Hodisa guvohlarining aytishicha, ayrim haydovchilar jo‘jalarni bosib ketmaslik uchun transport vositalarini to‘xtatgan va ehtiyotkorlik bilan harakatlangan. Bu esa yo‘lning ayrim qismlarida tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Biroq barcha haydovchilar ham to‘xtamagan. Harakatni davom ettirgan avtomobillar ostida ko‘plab jo‘jalar nobud bo‘lgani aytilmoqda.

Hozircha yuk mashinasining nima sababdan ag‘darilgani va haydovchining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar