Akula hujumida avval homilador sevgilisini qutqardi, keyin akula uni qonga beladi

1 daqiqa o'qish5.9K
Akula hujumida avval homilador sevgilisini qutqardi, keyin akula uni qonga beladi

Florida sohillarida sodir bo‘lgan akula hujumi haqiqiy jasorat namunasini namoyon etdi. 22 yoshli Jakori Xay dengizda suzib yurgan vaqtda akula hujumiga uchradi. Ammo u eng avvalo o‘zining emas, homilador sevgilisining hayoti va xavfsizligini o‘yladi.

Hodisa Volusiya okrugidagi Danlouton sohili yaqinida yuz bergan. Jakori Xayning so‘zlariga ko‘ra, u beligacha suvga kirgan vaqtda to‘satdan chap oyog‘ini nimadir qattiq tishlaganini his qilgan. Bir necha soniyadan keyin esa unga akula hujum qilganini anglagan.

Uning aytishicha, akula dastlab oyog‘ini tishlab, keyin qo‘yib yuborgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay yana qaytib kelib, bu safar uning qo‘liga tashlanishga uringan. Jakori yirtqichni qo‘li bilan itarib yuborishga muvaffaq bo‘lgan va darhol homilador sevgilisini sohil tomon yetaklab, uni xavfsiz joyga olib chiqqan.

«Men uchun eng muhimi avval uning omon qolishi edi. Sevgilimning xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilganimdan keyingina o‘z ahvolim haqida o‘ylay boshladim», — dedi u mahalliy OAVga.

Og‘ir jarohat olganiga va ko‘p miqdorda qon yo‘qotganiga qaramay, Jakori mustaqil ravishda sohilgacha yetib kelishga muvaffaq bo‘lgan. U yerda qutqaruvchilar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yetkazishgan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, uning chap oyog‘ida chuqur tish izlari qolgan, paylari ham shikastlangan. Hozirda yigit shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda. Oila a’zolariga tibbiy xarajatlarni qoplashda ko‘mak berish maqsadida xayriya jamg‘armasi ham tashkil etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?