Superqahramon bo‘lishni istadi: 8 yoshli bola o‘rgimchak chaqishi tufayli shifoxonaga tushdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Superqahramon bo‘lishni istadi: 8 yoshli bola o‘rgimchak chaqishi tufayli shifoxonaga tushdi

Boliviyada 8 yoshli bola o‘zini qora beva (Black Widow) nomli zaharli o‘rgimchak chaqishiga ataylab yo‘l qo‘yganidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi. Aytilishicha, u bu orqali o‘zini “O‘rgimchak odam” (Spider-Man) kabi superqahramonga aylanishini o‘ylagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola o‘rgimchakning qizil belgilarini ko‘rib, uni Marvel filmlaridagi radioaktiv o‘rgimchak bilan bog‘lagan. Shu sababli u chaqishidan keyin o‘zida g‘ayritabiiy kuchlar paydo bo‘lishiga ishongan va ataylab o‘rgimchakka o‘zini chaqdirgan.

Biroq qora beva o‘rgimchagining zahri, ayniqsa bolalar uchun juda xavfli hisoblanadi. U kuchli og‘riq, mushaklarning qattiq tortishishi, ko‘ngil aynishi hamda asab tizimi bilan bog‘liq og‘ir alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bolaning ahvoli yomonlashgach, u zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar unga zaharga qarshi maxsus zardob qo‘llab, ahvolini doimiy nazorat ostida ushlab turishgan. Davolanishdan so‘ng bola sog‘ayib ketgan.

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘pchilikni hayratga soldi. Sababi, bolaning superqahramon haqidagi syujetga chin dildan ishongani odamlar o‘rtasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng tibbiyot mutaxassislari ushbu hodisani misol qilib, ota-onalarga eslatma bilan chiqishdi. Ularning ta’kidlashicha, badiiy filmlar va superqahramonlar haqidagi hikoyalar yosh bolalarning tasavvuriga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois kattalar farzandlariga kino va hayot o‘rtasidagi farqni tushuntirib borishi muhim ekani ta’kidlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?