Bloger dunyodagi eng ulkan chiqindi tog‘iga chiqdi

Bloger dunyodagi eng ulkan chiqindi tog‘iga chiqdi

Meksikalik bloger Hindiston poytaxti Dehli shahrida joylashgan mashhur G‘azipur chiqindixonasi cho‘qqisiga chiqib, bu jarayonni videoga oldi. Ulkan hajmi sabab mazkur poligon ko‘pincha “chiqindilar Everesti” deya ataladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chiqindi tog‘ining balandligi qariyb 70 metrni tashkil etadi. U 28 gektardan ortiq hududni egallagan bo‘lib, bu yerda 14 million tonnadan ziyod maishiy chiqindi to‘plangan.

G‘azipur poligoni 1984 yilda foydalanishga topshirilgan. Aslida u 2000 yillarda yopilishi rejalashtirilgan edi. Biroq chiqindilar hajmi ortib borayotgani sabab uning faoliyati bir necha bor uzaytirilgan va poligon hanuzgacha yangi chiqindilarni qabul qilishda davom etmoqda.

Bloger suratga olgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, Dehlidagi ekologik muammolar va chiqindilarni qayta ishlash masalasiga jamoatchilik e’tiborini yana bir bor qaratdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar