Bolalikda akulalardan qo‘rqqan Emili tanasiga 106 ta turli xil akula turini chizdirib Ginneslar kitobiga kirdi

Bolalikda akulalardan qo‘rqqan Emili tanasiga 106 ta turli xil akula turini chizdirib Ginneslar kitobiga kirdi

AQSHning Men shtatida yashovchi Emili Morrison tanasidagi 106 ta noyob akula tatusi bilan rasman Ginness rekordlar kitobiga kirdi.

Uning akulalarga bo‘lgan qiziqishi bolalik paytida "Jag‘lar" filmini tomosha qilganidan keyin boshlangan. Dastlab bu yirtqichlar unda qo‘rquv uyg‘otgan bo‘lsa, keyinchalik qiziqishga aylangan. Vaqt o‘tishi bilan Emili dengiz biologiyasini tanlab, shu yo‘nalishda faoliyat olib bora boshlagan.

Hozir uning tanasida boshdan oyoqqacha okeanda uchraydigan turli akulalar tasvirlangan. Jami 106 ta tatuda 71 xil akula turi aks etgan. Shuningdek, noyob qazilma megalodon tishlari ham uning tatu to‘plamidan joy olgan.

Emilining bolalikdagi qo‘rquvi yillar o‘tib, uning kasbi va shaxsiy qiziqishining bir qismiga aylangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar