5 yil qamoq yoki 2,7 million dollar: Saudiyada hayvonlarga ozor berish endi juda qimmatga tushadi

5 yil qamoq yoki 2,7 million dollar: Saudiyada hayvonlarga ozor berish endi juda qimmatga tushadi

Saudiya Arabistonida hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslarga beriladigan jazolar kuchaytirildi. Yangi tartibga ko‘ra, hayvonlarga qasddan zarar yetkazganlar katta miqdordagi jarima va qamoq jazosiga duch kelishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, bunday huquqbuzarlik uchun jarima miqdori 2,7 million dollargacha yetishi mumkin. Shuningdek, aybdor shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi ehtimoli bor.

Bu choralar hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish va ularga nisbatan mas’uliyatli munosabatni kuchaytirishga qaratilgan.

Hayvonlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish insonning ular oldidagi mas’uliyatidan biri hisoblanadi. Ular ham himoya va xavfsiz munosabatga muhtoj.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar