Ilk bor: sud oltin baliqlarni huquqli jonzot deb tan oldi

1 daqiqa o'qish318
Ilk bor: sud oltin baliqlarni huquqli jonzot deb tan oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Argentina sudi Fede va Magi laqabli ikki oltin baliqni huquqlarga ega bo'lgan hissiyotli jonivor sifatida tan olib, tarixiy qaror qabul qildi.
  • Bunga Buenos Ayres shahridagi sushi restorani vitrinasida tor va noqulay akvariumda saqlangan baliqlar bo'yicha Jaulas Vacías tashkilotining sudga murojaat qilgani sabab bo'ldi.
  • Sud qaroriga ko'ra, baliqlar zudlik bilan xavfsiz muhitga ko'chirilib, 40 litrlik kichik idishdan 2500 litr hajmga ega keng akvariumga o'tkazildi.

Argentinada hayvonlar huquqini himoya qilish borasida tarixiy qaror qabul qilindi. Mamlakat sudi ilk bor Fede va Magi laqabli ikki oltin baliqni huquqlarga ega bo‘lgan hissiyotli jonivor sifatida tan oldi. Bu qaror nafaqat Argentinada, balki xalqaro miqyosda ham katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, oltin baliqlar Buenos Ayres shahridagi sushi restorani vitrinasida juda tor va noqulay akvariumda saqlangan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turadigan ushbu joy hayvonlar uchun mutlaqo mos emasligiga jamoatchilik e’tibor qaratgan.

Shundan so‘ng hayvonlar huquqini himoya qiluvchi Jaulas Vacías tashkiloti sudga murojaat qildi. Da’voda baliqlarning saqlanish sharoiti mamlakatning hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatni taqiqlovchi qonuni talablariga zid ekani ta’kidlangan.

Sud ishni ko‘rib chiqib, Fede va Magini zudlik bilan xavfsiz muhitga ko‘chirish haqida qaror chiqardi. Shu bilan birga, ularni shunchaki mulk emas, balki hissiyotga ega tirik mavjudot sifatida e’tirof etdi.

Qarordan so‘ng ikki baliq 40 litrlik kichik idishdan 2500 litr hajmga ega keng akvariumga ko‘chirildi. Endi ular maxsus sharoitda parvarish qilinib, munosib muhitda yashamoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, akvariumda baliq saqlashning o‘zi qonunga xilof emas. Biroq ularni tor joyda, yetarli ozuqa va qulay muhitsiz ushlash hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat sifatida baholanishi mumkin.

Ekologlar fikricha, mazkur qaror kelgusida hayvonlar huquqini himoya qilish sohasidagi sud amaliyoti uchun muhim pretsedentga aylanishi mumkin. Shuningdek, u hayvonlarga nisbatan munosabatni qayta ko‘rib chiqishga turtki berishi ehtimoldan xoli emas.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?