Qizini aravada yetaklab, jahon rekordini yangilamoqchi bo‘lgan ota

AQSHlik sobiq yengil atletika sportchisi qizini aravachasida olib, bir millik masofani 4 daqiqa 17 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini yangilashga da’vo qilmoqda.
Mayami universitetining sobiq yugurish sportchisi Stiven Bibelxauzen Ogayo shtatidagi Klivlend shahrida o‘tkazilgan Guardian Mile poygasida ishtirok etdi. U musobaqada qizi Bleykni maxsus aravachaga o‘tqazib, Hope Memorial Bridge orqali bir millik masofani 4:17 natija bilan bosib o‘tdi.
Agar Ginnesning rekordlar kitobi ushbu natijani rasman tasdiqlasa, Bibelxauzen aravacha itarib, bir milni eng tez bosib o‘tgan inson sifatida jahon rekordini qo‘lga kiritishi mumkin.
Hozirgi rekord Silas Fransga tegishli. U 2025 yil iyun oyida bir millik masofani aravacha itargan holda 4 daqiqa 26,29 soniyada bosib o‘tgan. Bibelxauzenning 4:17 natijasi esa amaldagi rekorddan qariyb 9 soniya tezroq.
Qizig‘i, sportchi dastlab jahon rekordini o‘rnatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan. Uning asosiy niyati poyganing 4:44lik rekordini yangilash va masofani 4 daqiqa 30 soniyadan kam vaqtda bosib o‘tish bo‘lgan.
Biroq musobaqadagi natijasi kutilganidan ham yuqori chiqdi. Bibelxauzen qo‘shimcha mashg‘ulotlar orqali kelgusida vaqtini yana yaxshilashi mumkinligiga ishonch bildirgan.
Endi uning 4 daqiqa 17 soniyalik natijasi rasmiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Shundan so‘nggina sportchi aravacha itarib bir millik masofani eng tez bosib o‘tgan jahon rekordchisi sifatida tan olinishi mumkin.






























Izohlar 0
…