36 yoshli FIDE menejeri Sergey Indeykin chivin chaqishidan vafot etdi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE operatsion menejeri Sergey Indeykin 36 yoshida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Nigeriyadagi xizmat safari vaqtida bezgak yuqtirgan chivin chaqishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Indeykin 2021 yildan buyon FIDE tizimida ishlab kelgan. U dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalarini tashkil etishda faol qatnashgan.
Uning faoliyati davomida:
jahon chempionatlari;
Jahon kubogi;
nomzodlar turnirlari;
rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatlari kabi yirik musobaqalarni tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.
Musobaqalarni tashkil qilish bilan bog‘liq vazifalari sabab Sergey Indeykin tez-tez xorijiy xizmat safarlariga chiqqan. Nigeriyaga navbatdagi safari esa uning hayotidagi so‘nggi safar bo‘lib qoldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga bezgak sabab bo‘lgan.































Izohlar 0
…