Mashhur ichimlikning 140 yillik sirli retsepti qayerda saqlanadi?

Mashhur ichimlikning 140 yillik sirli retsepti qayerda saqlanadi?

Dunyodagi eng mashhur gazli ichimliklardan birining asl retsepti hanuzgacha sir saqlanib kelinmoqda. Kompaniya mashhur formulani begona ko‘zlardan asrash maqsadida uni yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi bilan himoyalangan maxsus seyfda saqlaydi.

Xalqaro ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, sirli retsept AQSHning Atlanta shahridagi muzeyda joylashgan maxsus muhofazalangan seyfda saqlanadi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar ichimlikning tarixi va uning mashhur formulasi atrofidagi sirli voqealar bilan tanishishi mumkin. Biroq retseptning asl nusxasi hech qachon ommaga to‘liq oshkor qilinmagan.

Ushbu formula 1886 yilda farmatsevt doktor Jon S. Pemberton tomonidan yaratilgan. Dastlab retsept yozma shaklda qayd etilmagan va uning tarkibini juda kam sonli odamlar bilgan. Keyinchalik, 1892 yilda ichimlikka bo‘lgan huquqlar boshqa egalar tomonidan sotib olingan.

1919 yilda bir guruh investorlar kompaniyani xarid qilganida, maxfiy formula bank krediti uchun garov sifatida qo‘yilgan. Shu sababli retsept Nyu-Yorkdagi maxsus himoyalangan seyfga joylashtirilgan.

Kredit to‘liq qaytarilganidan so‘ng, retsept 1925 yilda yana Atlantaga olib kelingan. U yerda formula 86 yil davomida bank seyfida saqlangan.

Shundan keyin esa dunyodagi eng sirli retseptlardan biri hozirgi yuqori xavfsizlikka ega maxsus namoyish joyiga ko‘chirilgan. Shunday qilib, oradan qariyb 140 yil o‘tgan bo‘lsa-da, mashhur ichimlikning asl formulasi hanuzgacha kompaniyaning eng qimmatli sirlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar