2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritlar ma’lum bo‘ldi

2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritlar ma’lum bo‘ldi

«Vanguard» nashri futboldagi eng nufuzli individual mukofot — 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy beshta favorit reytingini e’lon qildi. Reyting Jahon chempionatidan keyingi natijalar hisobga olingan holda tuzilgan.

1. Rodri Ernandes — Ispaniya, «Barselona». U 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shib, turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Oltin to‘p» (Golden Ball) bilan taqdirlangan. Shu natijadan so‘ng u 2026 yilgi «Oltin to‘p» (Ballon d'Or) uchun asosiy favorit sifatida baholanmoqda.

2. Garri Keyn — Angliya, «Bavariya». Hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda 51 ta uchrashuvda 61 ta gol urdi va Yevropa «Oltin butsa»si sohibi bo‘ldi. Keyn «Bavariya» bilan Germaniya chempionati va Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

3. Lamin Yamal — Ispaniya, «Barselona». 19 yoshli futbolchi klubi bilan navbatdagi La Liga chempionligini qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi. U mavsum davomida 24 ta gol va 18 ta assist qayd etgan.

4. Kilian Mbappe — Fransiya, «Real». U Jahon chempionatida 10 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shuningdek, Mbappe klub darajasida «Real» uchun 44 ta o‘yinda 42 ta gol urgan.

5. Lionel Messi — Argentina, «Inter Mayami». 39 yoshli futbolchi Jahon chempionatida 8 ta gol urib, Argentina terma jamoasining finalga yetib borishiga katta hissa qo‘shdi. Hal qiluvchi bahsda Argentina Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgan.

2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladi. Amaldagi sovrin sohibi esa «Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar