Ugandada davlat mablag‘lari sarfi tekshirilib, qator kamchiliklar aniqlandi (video)

Ugandada davlat mablag‘lari sarfi tekshirilib, qator kamchiliklar aniqlandi (video)

Ugandada davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilganini tekshirish jarayonida yo‘l qurilishi bilan bog‘liq qator kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda Uganda Mahalliy boshqaruv vazirligi xabar berdi.

Mahalliy hukumat vakillari tekshiruv davomida hujjatlarda ko‘rsatilgan ishlar bilan amalda bajarilgan ishlar o‘rtasida tafovut borligini ma’lum qildi. Ayrim yo‘l uchastkalari tasdiqlangan rejaga muvofiq qurilmagani aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda esa kichik yo‘l inshooti va suv o‘tkazish quvurlari ko‘rsatilgan. Internetda ushbu obyekt «350 ming dollarlik ko‘prik» sifatida tarqatilgan bo‘lsa-da, faktcheking ma’lumotlariga ko‘ra, bu talqin noto‘g‘ri. $350 mingga yaqin mablag‘ birgina ko‘prikka emas, bir nechta yo‘l uchastkalaridagi ishlarga ajratilgan.

Tekshiruv vaqtida amalga oshirilgan ishlar, sarflangan mablag‘lar va rasmiy hujjatlar o‘zaro solishtirilgan. Mas’ul xodimlardan bajarilgan ishlar hajmi va xarajatlar bo‘yicha tushuntirish talab qilingan.

Uganda hukumati davlat mablag‘larining o‘z maqsadiga muvofiq sarflanishini nazorat qilish va ehtimoliy korrupsiya holatlariga oydinlik kiritish maqsadida tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Ushbu rolik bilan ba’zi ingliz tilidagi nashrlarda ish olib borilayotgan joyni Ugandaning mahalliy boshqaruv vaziri Jastin Nameere ko‘zdan kechirgani aytilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar