Qarshida bankomatni buzgan 19 yoshli yigitning g‘alati rejasi fosh bo‘ldi

Qarshida bankomatni buzgan 19 yoshli yigitning g‘alati rejasi fosh bo‘ldi

Qarshi shahrida 19 yoshli yigit bankomatni temir arra yordamida buzib, o‘z mablag‘ini karta orqali 70 marta o‘tkazgan. Uning qilmishi sudda fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit tungi soat 03:00 atrofida shahardagi savdo do‘koni yonida joylashgan Paynet bankomatini temir arra bilan buzgan.

U dastlab bankomatga 200 ming so‘m solib, ushbu mablag‘ni qarindoshiga tegishli plastik kartaga o‘tkazgan. Keyin esa bankomatning pul saqlanadigan qismini ochib, o‘zi kiritgan mablag‘ni qaytarib olgan.

Yigit shu usuldan 70 marta qayta-qayta foydalanib, plastik kartaga jami 14 million 179 ming so‘m o‘tkazgan. Keyin mablag‘ning bir qismini bankomatdan yechib olib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.

Tergov davomida uning boshqa jinoyati ham aniqlangan. Yigit tungi vaqtda «Paxtazor» MFY hududidagi ko‘p qavatli uy oldida o‘tirgan qizdan qiymati 4 million so‘m bo‘lgan telefonni olib qochgan.

Sud yigitni ushbu jinoyatlarda aybdor deb topib, unga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar