1 sentyabrdan davlat bog‘chalarida to‘lovlar qimmatlashadi

O‘zbekistonda joriy yilning 1 sentyabridan barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun to‘lov miqdori oshadi. Yangi narxlar bazaviy hisoblash miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur miqdor 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga ko‘tariladi.
2026 yil 23 iyun kuni Prezident tomonidan imzolangan «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga muvofiq, 1 sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga oshirilishi belgilangan.
Shu farmon asosida 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladigan bolalar nafaqalari hamda moddiy yordam to‘lovlari miqdori 7 foizga oshirilgan.
Bundan tashqari, 1 sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 7 foizga ko‘tarilishi nazarda tutilgan.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi to‘lovlar miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langani sababli, mazkur ko‘rsatkichning oshishi davlat bog‘chalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun to‘lov narxlariga ham ta’sir qiladi.
Ya’ni, 1 sentyabrdan ota-onalar davlat bog‘chalari uchun amaldagi to‘lovdan ko‘proq mablag‘ to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Bog‘cha to‘lovlaridagi yangi narxlar quyidagicha bo‘ladi:
































Izohlar 0
…