Finlyandiyalik dengizchi quyosh energiyasida ishlaydigan yaxta yasab, Ibizagacha suzib bordi

Finlyandiyalik dengizchi quyosh energiyasida ishlaydigan yaxta yasab, Ibizagacha suzib bordi

Finlyandiyalik dengizchi Lukas Syoman omborxonada uzunligi 11 metr bo‘lgan, quyosh energiyasida harakatlanadigan yaxta yasadi. U kemani taxminan 200 kun davomida mustaqil ravishda qurgan. Helios 11 deb nomlangan yaxta dengiz fanerasi va shisha tolali plastikdan tayyorlangan bo‘lib, og‘irligi taxminan 1,5 tonnani tashkil qiladi. Bu haqda Layfxaker xabar berdi.

Kemaning yengil konstruksiyasi va quyosh energiyasi tizimi unga yonilg‘i quymasdan Ibizagacha yetib borish imkonini bergan.

Yaxtaning tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilgan. Ular 48 voltli akkumulator tizimini quvvatlantiradi. Ob-havo ochiq bo‘lgan paytda panellar soatiga 6 kilovattgacha energiya ishlab chiqaradi. Quyosh yetarli bo‘lmagan vaqtlarda esa kema oldindan to‘plangan energiya zaxirasidan foydalanadi.

Yaxtada elektr plita va kichik muzlatkich ham bor bo‘lib, ular ham akkumulatorlar orqali ishlaydi. Bundan tashqari, qulay shamol bo‘lganda harakatlanish va elektr energiyasini tejash uchun yordamchi yelkan ham o‘rnatilgan.

Lukas Syoman va uning hamrohi Finlyandiyadan yo‘lga chiqib, Shvetsiya, Daniya, Germaniya va Fransiya orqali Ispaniyaga borgan. Safar davomida yaxta kanallar va ochiq suv hududlaridan o‘tib, turli sharoitlarda sinovdan o‘tgan.

Safar paytida bir qator noxush holatlar ham sodir bo‘lgan. Ispaniyaning shaharlaridan birida ekipajning puflanadigan qayig‘i o‘g‘irlangan. Tayyor qayiq topilmagani uchun ular qo‘llaridagi materiallardan foydalanib, uning o‘rniga boshqa qayiq yasashga majbur bo‘lgan.

Keyinroq esa kimdir ko‘prikdan Helios 11 yaxtasining quyosh panellariga tosh otgan. Shunga qaramay, panellar zarar ko‘rmagan va energiya ishlab chiqarishda davom etgan.

GreenMe ma’lumotiga ko‘ra, yaxtaning umumiy bosib o‘tgan masofasi taxminan 5 700 kilometrni tashkil etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar