Tramp tasvirli 1 dollarlik tangalar AQSHda sotuvga chiqdi

Tramp tasvirli 1 dollarlik tangalar AQSHda sotuvga chiqdi

AQSHda prezident Donald Tramp tasviri tushirilgan yangi 1 dollarlik tangalar sotuvga chiqarildi. AQSH zarbxonasi ularni mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan maxsus chiqargan.

Tillarang tanganing bir tomonida Tramp portreti joylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi tomonida AQSH prezidentlik muhri tasvirlangan. Muhrdagi qalqonda mamlakatning 250 yilligiga ishora qiluvchi «250» raqami ham aks etgan.

Tanganing nominal qiymati 1 dollar bo‘lishiga qaramay, 25 donadan iborat o‘rami 61 dollardan, 100 dona tanga joylashtirilgan qopchasi esa 154,50 dollardan sotilmoqda.

AQSH zarbxonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tangalar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga, ular 2026 yil kuzidan muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar