To‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

To‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti Kinshasa shahrida to‘y marosimi fojia bilan yakunlandi. 4 sentyabrdan 5 sentyabrga o‘tar kechasi Lingvala kommunasidagi tantanalar zalida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘lgan, yana ko‘plab odamlar jarohatlangan.

Hodisa Panacée tantanalar zalida, Triomfal bulvaridagi binolardan birining birinchi qavatida sodir bo‘lgan. Yong‘in vaqtida zalda to‘y marosimi o‘tkazilayotgan edi. Jabrlanganlar Kinshasadagi bir nechta shifoxonalarga, jumladan, Vijana, Cinquantenaire va Camp Kokolo tibbiyot muassasalariga olib borilgan.

Lingvala kommunasi hokimi Norber Mushiga Nzindulaning ma’lum qilishicha, 5 sentyabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, qurbonlar soni 22 kishini tashkil etgan. Biroq bu raqam dastlabki bo‘lib, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin.

Yong‘inning aniq sababi hozircha noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojianing og‘irlashishiga odamlarni tezda evakuatsiya qilishdagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan. Zalda faqat bitta chiqish eshigi bo‘lgan va u ko‘p sonli mehmonlarning bir vaqtning o‘zida chiqishi uchun torlik qilgan.

Yong‘in ortidan yuzaga kelgan vahima va quyuq tutun esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda. Rasmiylar yong‘inning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda tantanalar zallarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini tekshirish choralarini ko‘rmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar