Minnesotada 5 yoshli bola dron yordamida qutqarildi

AQSHning Minnesota shtatida 5 yoshli bola ko‘lmakka tushib, cho‘kib ketish xavfi ostida qolganida politsiya droni uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Voqea Sent-Pol shahrida sodir bo‘lgan. Bolani suvda qiynalayotganini ko‘rgan fuqaro darhol 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiya xodimlari maxsus dok-stansiyada saqlanadigan dronni ishga tushirgan.
Dron politsiya xodimlaridan taxminan ikki daqiqa oldin voqea joyiga yetib kelib, bolaning aniq joylashuvi va holati haqida ma’lumot bergan. Shundan so‘ng xodimlar suvga kirib, bolani xavfsiz tarzda olib chiqishgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bolaning autizm tashxisi bor bo‘lib, u yaqinlarining xabarisiz uydan chiqib ketgan. Bola tekshiruv uchun shifoxonaga olib borilgan va unda jarohatlar aniqlanmagan.






























Izohlar 0
…