14 yoshli qiz qarishga qarshi vositani ishlatib, oylab aziyat chekdi

14 yoshli qiz qarishga qarshi vositani ishlatib, oylab aziyat chekdi

14 yoshli Siyenna Sorbi dugonasi bilan uyqudagi uchrashuv paytida kattalar uchun mo‘ljallangan teri parvarishi vositalarini sinab ko‘rganidan so‘ng, bir necha oy davomida teri muammolari bilan kurashdi.

Qizning aytishicha, mahsulotlarning qadog‘i juda «chiroyli va estetik» ko‘ringani uchun ularni sinab ko‘rishga qiziqqan. Biroq vositalar kattalar terisi uchun mo‘ljallangan edi. Ertalab Siyennaning terisi taranglashib, qichisha boshlagan va yuzi qizil dog‘lar bilan qoplangan.

Bu voqea 2026 yil fevral oyida sodir bo‘lgan. Siyenna mahsulotlarning anti-eyjing, ya’ni qarish belgilarini kamaytirishga qaratilganini bilgan, ammo ular o‘z yoshiga mos emasligini tushunmagan.

«Biz kattalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni ko‘rib, qiziqib qoldik. Ilgari ulardan foydalanmagan edim, lekin juda estetik va chiroyli ko‘rindi», dedi u.

Teridagi holat yaxshilanmagach, Siyenna shifokorga murojaat qilgan. Uning aytishicha, ko‘z qovoqlari qizarib, qattiq quruqlashgan, jag‘i va yuzlarida qichishishdan keyin qizil toshma paydo bo‘lgan. Bu muammo uning rejalariga ham ta’sir qilgan: u beshta brend ishtirokidagi moda namoyishi va uchta fotosessiyada qatnashishi kerak bo‘lgan, ammo ikkitasidan voz kechgan.

Shifokorlar uning teri to‘sig‘i zararlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib, parvarish jarayonida qizil nur terapiyasidan foydalanishni tavsiya qilgan. Reaksiya hozir bartaraf bo‘lgan, ammo Siyenna hanuz teri sezuvchanligi va quruqligi bilan kurashayotganini aytdi.

Mutaxassislar ham yoshlar orasida kattalarga mo‘ljallangan kosmetik vositalarga qiziqish ortib borayotganidan xavotirda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hatto 8 yoshli bolalar ham ijtimoiy tarmoqlarda inflyuyenserlar targ‘ib qilayotgan qimmat teri parvarishi mahsulotlarini so‘ramoqda. Britan dermatologlar assotsiatsiyasi esa ayrim ingrediyentlar, jumladan, eksfoliatsiyalovchi kislotalar yosh teriga zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Siyenna yoshlarga anti-eyjing vositalari, kislotalar va retinolni ularning yoshiga mosligini tushunmasdan ishlatmaslikni tavsiya qildi.

«Teri parvarishi qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo yoshlar o‘zlariga mos mahsulotlardan foydalanishi kerak», dedi u.

Siyennaning onasi Mari esa mahsulotlarda bolalar va o‘smirlarga mos yoki mos emasligi haqida aniqroq ogohlantirishlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, bolalar teri parvarishi bilan shug‘ullanishi mumkin, ammo buning uchun yoshga mos, xavfsiz vositalarni tanlash bo‘yicha yetarli ma’lumot va tushuntirishlar berilishi zarur.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar