Everest ham chiqindixonaga aylanmoqda: dunyoning eng baland cho‘qqisidagi ayanchli manzara

Dunyodagi eng baland cho‘qqi Everest nafaqat alpinizm ramzi, balki inson faoliyatining tabiatga ta’sirini ko‘rsatuvchi jiddiy muammoga ham yuz tutmoqda. Tog‘ning yuqori lagerlarida tashlab ketilgan chodirlar, kislorod ballonlari va turli chiqindilar to‘planib qolayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Yillar davomida Everestga chiqishga bo‘lgan qiziqish ortib, toqqa tashrif buyuruvchilar soni ham ko‘paydi. Natijada baland tog‘ sharoitida qolib ketayotgan jihozlar va boshqa chiqindilar ekologik muammoga aylanmoqda.
Dunyoning eng baland nuqtasini zabt etish istagi ortidan insoniyat ortida tonnalab chiqindi qoldirmoqda. Everestning yuqori qismlarida tashlab ketilgan chodirlar, kislorod ballonlari va boshqa buyumlar ko‘zga tashlanadi. Bunday chiqindilarni olib tushish esa og‘ir va xavfli sharoit sabab juda murakkab.
Muammoning asosiy sabablaridan biri sifatida tijorat alpinizmining kengayishi va cho‘qqiga chiqishni istovchilar sonining ortishi ko‘rsatilmoqda.































Izohlar 0
…