Sankt-Peterburgda Maykl Jekson obrazidagi artist ustiga kolonka qulab tushdi (video)

Sankt-Peterburgda Maykl Jekson obrazidagi artist ustiga kolonka qulab tushdi (video)

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Maykl Jeksonga taqlid qilib chiqish qilayotgan artist bilan sahnada kutilmagan hodisa yuz berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, artist qo‘shiq ijro etayotgan paytda sahna chetida ovoz uskunalari o‘rnatilgan katta konstruksiya qulab, uning boshiga urilgan. Zarba oqibatida artist yerga yiqilgan. Atrofdagilar esa darhol uning yoniga yugurib kelib, yordam ko‘rsatgan.

Hodisa Sankt-Peterburgdagi Vasilevskiy orolidagi Smolenka yaxtalar porti hududidagi restoranda yuz bergani xabar qilindi. Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Hozircha artistning jarohatlari va sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar