AQSHda ikki boshli toshbaqa tug‘ildi

AQSHning Massachusets shtatida nihoyatda kam uchraydigan holat — ikki boshli toshbaqa bolasi dunyoga kelgani aniqlandi.
Atigi 5,2 gramm
og‘irlikdagi toshbaqa bolasi Uellflit hududidagi muhofaza qilinadigan uyalash joyidan topilgan. Keyinchalik u veterinarlar nazorati uchun Keyp-Kod yovvoyi tabiat markaziga olib kelingan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, toshbaqadagi ikki boshlilik bitsefaliya deb ataladigan kamyob rivojlanish holati bilan bog‘liq. Hozir veterinarlar uning o‘sishi, ishtahasi va xatti-harakatlarini muntazam kuzatmoqda.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, toshbaqaning har ikki boshi ham hozircha sog‘lom. Jonivor odatdagidek harakatlanmoqda va oziqlanmoqda.
Mutaxassislar uning keyingi rivojlanishini diqqat bilan nazorat qilib, ikki boshning yagona tana bilan qanday uyg‘unlashishini ham o‘rganmoqda.






























Izohlar 0
…