Dunyodagi eng chiroyli erkaklardan biri bo‘lgan Paing Takhon nima sababdan qamalgan?

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Paing Takhon Myanmadagi harbiy to'ntarishga qarshi namoyishda qatnashgani uchun hibsga olindi.
- U model, aktyor va musiqachi sifatida tanilgan bo'lib, 1996-yilda tug'ilgan.
- Paing Takhonning mashhurligi ijtimoiy tarmoqlarda ikki milliondan ortiq obunachiga ega bo'lishi va TC Candler reytingida 10-o'rinni egallashi bilan tasdiqlangan.
"Chiroyli aktyor" deganda odatda ko‘z oldimizga ma’lum bir obraz keladi. Ammo Paing Takhon bu qolipga sig‘maydigan aktyorlardan biri. U model bo‘ldi, kinoda suratga tushdi, buddaviylik monastirida yashadi, keyinchalik esa Myanmadagi harbiy to‘ntarishga qarshi namoyishda qatnashgani uchun hibsga olindi.
Paing Takhon 1996 yilda Myanmaning g‘arbiy qismidagi Kotaun shahrida olti farzandli oilaning to‘rtinchi farzandi bo‘lib tug‘ilgan.
Maktabni tamomlagach, imkoniyat izlab mamlakatning eng yirik shahri Yangon tomon yo‘l oldi. Aynan shu yerda uning hayoti butunlay boshqa yo‘nalishga burildi.
18 yoshida u Jon Lvinning modellik maktabiga o‘qishga kirib, suratga tushish va podiumda yurishni o‘rgandi. Ko‘p o‘tmay, John Lwin's Star & Model International agentligi unga hamkorlik taklif qildi.
Uzun sochlari va mushakdor qiyofasi Paing Takhonni boshqalardan ajratib turardi. Reklama, musiqiy kliplar va jurnallar uchun suratga tushishlar ortidan unga kino takliflari ham kela boshladi.

Paing Takhon "Yarim tun sayyohi" filmidagi bosh rol uchun kastingdan o‘tib, 2017 yilda aktyor sifatida tanildi. Shu bilan birga, musiqa bilan ham shug‘ullana boshladi.
Uning mashhurligi tez sur’atda oshib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini turli mamlakatlardan ikki milliondan ortiq foydalanuvchi kuzata boshladi. Keyinchalik Myanma hukumati uni madaniyat elchisi etib tayinladi. Paing Takhonning tashqi ko‘rinishi xalqaro miqyosda ham e’tibordan chetda qolmadi. TC Candler reytingida u ilk bor 2020 yilda 10-o‘rinda qayd etildi.
Ammo uning hayotidagi eng katta burilish hali oldinda edi. Model va aktyor sifatidagi mashhurlikdan keyin Paing Takhon butunlay boshqa sabab bilan dunyo ommaviy axborot vositalari e’tiboriga tushdi.
Uning monastirdagi hayoti va harbiy to‘ntarishdan keyingi voqealari esa bu hikoyaning eng kutilmagan qismidir.































Izohlar 0
…