Xitoylik 6 yoshli qizaloq Rubik kubigini 4 soniyada yig‘ib jahon rekordini o‘rnatdi!

Xitoylik 6 yoshli qizaloq Rubik kubigini 4 soniyada yig‘ib jahon rekordini o‘rnatdi!

Xitoylik 6 yoshli Lyan Yunchji Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha navbatdagi jahon rekordini o‘rnatib, yana bir bor e’tibor markaziga tushdi. U 3×3 kubik bo‘yicha musobaqada o‘rtacha 4,27 soniyalik natija qayd etdi.

Guanchjou shahrida o‘tkazilgan musobaqada Lyan Yunchji Rubik kubigini besh marta yig‘di. Ushbu urinishlar natijasida uning o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,27 soniyani tashkil etdi.

Eng qizig‘i, qizaloq yangi rekordni birovdan tortib olgani yo‘q — u o‘z rekordini o‘zi yangiladi.

Lyan Yunchji bundan oldin kubikni o‘rtacha 4,52 soniyada yig‘ib, ayollar o‘rtasidagi jahon rekordini o‘rnatgandi.

Bu safar esa u o‘z natijasini 0,25 soniyaga yaxshiladi. Olti yoshli qizaloqning bunday tezlikda Rubik kubigini yig‘ishi musobaqani kuzatganlar e’tiborini tortdi. Ayniqsa, u hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z rekordini yana-da yaxshilagani voqeaning eng e’tiborli jihatlaridan biri bo‘ldi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar