Vetnamda otalar farzandlarini maktabga yetkazish uchun paketga solib daryodan o‘tkazadi

1 daqiqa o'qish1.5K
Vetnamda otalar farzandlarini maktabga yetkazish uchun paketga solib daryodan o‘tkazadi

Vetnamda yomg‘irli mavsum boshlanishi bilan maktab o‘quvchilari uchun daryodan o‘tish jiddiy muammoga aylanadi. Biroq Xuoy Xa qishlog‘ida ota-onalar farzandlarini maktabga yetkazishning g‘ayrioddiy usulini qo‘llashga majbur.

Ma’lum bo‘lishicha, yomg‘irli mavsumda Nam Chim daryosida suv sathi keskin ko‘tarilib, oqim kuchayadi. Bunday sharoitda oddiy bambuk ko‘prikdan o‘tish bolalar uchun xavfli bo‘lib qoladi.

Shu sababli qishloqdagi otalar farzandlarini katta plastik qoplarga joylashtirib, daryoning narigi sohiliga olib o‘tishadi. Bu orqali bolalarning kiyimlari ho‘l bo‘lmay, ular maktabga nisbatan quruq holda yetib borishadi.

Ayniqsa, yomg‘irli mavsumda ushbu usuldan har kuni 50 nafardan ortiq o‘quvchi foydalanishi aytilmoqda.

Qishloq aholisi uchun daryodan o‘tishning bu usuli maktabga borishni davom ettirish imkonini bersa-da, suv sathi va kuchli oqim sababli yo‘l xavfli bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?