Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yini chiptalari 90 daqiqa ichida sotildi

1 daqiqa o'qish208
Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yini chiptalari 90 daqiqa ichida sotildi

Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yini uchun chiptalar ikki soatga yetmay sotilib ketdi. Bu haqda Argentina OAVlari xabar berdi.

Argentina 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida Benin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs Messi uchun Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya ham uchrashuvni Messi uchun xayrlashuv o‘yini sifatida taqdim etgan.

Chiptalar savdosi 24 sentyabr kuni boshlangan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, barcha mavjud o‘rinlar taxminan 90 daqiqa ichida sotilgan. Savdo boshlanganidan ko‘p o‘tmay, chipta platformasida yuqori yuklama kuzatilgan.

«Monumental» stadioni qariyb 85 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Biroq sotuvga chiqarilgan chiptalar soni turli manbalarda 80 ming atrofida ekani ko‘rsatilgan.

39 yoshli Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yilda debyut qilgan. U hozirga qadar 207 ta uchrashuvda 125 ta gol urgan. 6 oktyabr kuni Beninga qarshi bahs uning milliy jamoa safidagi 208-o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.

Messi avgust oyida Argentina terma jamoasidagi xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Argentina futbol assotsiatsiyasi uni xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etish uchun tarkibga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?